Guruh/kanal Chat ID'sini qanday olish kerak

Botingizni guruh yoki kanalga ulash uchun o'sha chatning raqamli Chat ID'si kerak bo'ladi. Uni bir necha soniyada quyidagicha topasiz.

1

Telegram qidiruvida @RawDataBot (yoki @getidsbot) botini toping va oching.

2

GURUH uchun: shu botni vaqtincha guruhingizga a'zo qilib qo'shing — u darhol guruh haqidagi ma'lumotni yuboradi.
KANAL uchun: kanalingizdagi istalgan postni shu botga forward (uzatib) yuboring.

3

Bot javobidagi "id" qiymatini nusxalang — u -1001234567890 kabi MANFIY son bo'ladi. Guruh/kanal ID'lari doim shunday ko'rinishda bo'ladi.

4

Vaqtincha qo'shilgan botni guruh/kanaldan olib tashlashingiz mumkin. Nusxalangan ID'ni platformamiz veb-panelidagi "Chat ID" maydoniga yoki botimizga yuboring.

MUHIM: ID'ni saqlashdan oldin O'Z botingiz (BotFather'dan olgan tokeningiz egasi) o'sha guruh/kanalda ADMIN bo'lishi shart — aks holda tekshiruv o'tmaydi.