CoinPayments API kalitlarini olish

Obunachilaringizning USDT to'lovlari to'g'ridan-to'g'ri sizning CoinPayments hisobingizga tushishi uchun, quyidagi qadamlar orqali yangi API integratsiya yarating va undan Client ID bilan Client Secret'ni oling.

1

CoinPayments hisobingizga kiring va chap menyudan "Integrations" bo'limini tanlang.

Integrations
2

"Add Integration" tugmasini bosing.

Add Integration
3

Integratsiya turini tanlashda "API Integrations" variantini bosing (do'kon plagini yoki to'lov tugmasini emas).

API Integrations
4

"Name" maydoniga botingizning nomini (masalan "paybot"), "Store URL" maydoniga saytingiz manzilini kiriting va "Create" tugmasini bosing.

Create New Client
5

Integratsiya yaratilgach, "Client ID" va "Client Secret"ni nusxalab oling, so'ng "Done" tugmasini bosing.

Client ID / Client Secret
DIQQAT: "Client Secret" FAQAT SHU YERDA, BIR MARTA ko'rsatiladi — uni albatta xavfsiz joyga saqlab qo'ying. Yo'qotib qo'ysangiz, CoinPayments'da yangi integratsiya yaratishga to'g'ri keladi.